Mimi
Loyiha haqida
MiMi Land o'z mijozlari bilan yaqin, ishonchli va iliq munosabat o'rnatishni asosiy maqsad deb biladi. Har bir ota-ona farzandi uchun eng yaxshisini tanlashni istaydi va MiMi Land bu jarayonda ishonchli hamkor bo'lishga intiladi.
BrandingBrend yo'riqnomasi
MiMi Landning to'liq ko'rsatmalari
Brend haqida
MiMi Land — bolalar uchun sifatli oziq-ovqat, parfyumeriya va ehtiyoj tovarlarini taqdim etuvchi brend. Har bir mahsulot xavfsizlik va sifat talablariga mos ravishda tanlanadi.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida doimiy maslahat va shaxsiy yondashuv joriy etilgan. Ota-onalar bolalar parvarishi va mahsulot tanlovi bo'yicha foydali tavsiyalar olishi, sodiqlik dasturi orqali esa yoqimli bonuslarga ega bo'lishi mumkin.
MiMi Land — nafaqat xarid qilish joyi, balki ota-onalar uchun ishonchli yordamchi va bolajonlar uchun g'amxo'rlik timsoli.
Brend qadriyatlari
MiMi Land o'z mijozlari bilan yaqin, ishonchli va iliq munosabat o'rnatishni asosiy maqsad deb biladi. Har bir ota-ona farzandi uchun eng yaxshisini tanlashni istaydi va MiMi Land bu jarayonda ishonchli hamkor bo'lishga intiladi.
Brend shunchaki mahsulot emas, balki qulaylik, ishonch va mehr taqdim etishga intiladi. Do'konga kelgan har bir mijoz o'zini mehmondek emas, balki oilaning bir qismi sifatida his qilishi kerak. Shu sababli xizmat ko'rsatish jarayoni nafaqat samarali, balki samimiy ham bo'lishi muhim.
Barcha mahsulotlar yuqori sifat va xavfsizlik talablariga javob beradi. Bolalar salomatligi ustuvor yo'nalish bo'lib, assortiment faqat ishonchli va sertifikatlangan mahsulotlardan iborat.
Bundan tashqari, MiMi Land mijozlar bilan doimiy muloqotda bo'lish, ularga foydali maslahatlar berish va sodiqlik tizimi orqali xarid jarayonini yanada yoqimli qilishga harakat qiladi.
Logotip
Logotip qoidalar va qo'llanilishi
- Logotip
- Rang politralari
- Korporativ shrift
- identifikatsiya elementlari
Logotip
Moslashuvchan logotip
Himoya hudud
Logotipning atrofida minimal bo'sh joy qoldirish talab qilinadi.
Himoya hududi uchun eng kamida logotipning 1/3 qismiga teng bo'lgan masofa qo'llanilishi kerak.
Ushbu hudud ichida har qanday grafik elementlar, tipografiya yoki boshqa vizual artefaktlarni joylashtirish taqiqlanadi.
Bu logotipning aniq ko'rinishini ta'minlash va vizual izchillikni saqlash uchun zarur.
Minimal o'cham
Logotipning minimal balandligi 50px yoki 12mm dan kam bo'lishi tavsiya etilmaydi. Bu uning o'ziga xosligi va o'qilishi buzilmasligi uchun zarur minimal hajmdir.
Korporativ ranglar
Korporativ shrift
Brendning yagona vizual identifikatsiyasini saqlash va izchil ko'rinishini ta'minlash
maqsadida TT Prosto Sans Trial asosiy korporativ shrift sifatida tanlangan. Ushbu shrift
zamonaviy, o'qilishi oson va bolalarga yaqin iliq dizaynga ega, bu esa MiMi Land brendining
qulay va do'stona imidjini qo'llab-quvvatlaydi.
Aa Bb Dd Ee Ff Gg
Hh Ii Jj Kk Ll Mm
Nn Oo Pp Qq Rr Ss
Tt Uu Vv Xx Yy Zz
O'o' G'g' Shsh Chch
Identifikatsiya elementlari
Brend identifikatsiya elementlari qoidalari
- Vizitka
- Brend paket
- Futbolka
- Kamzur
- Do'konda turishi
- Open & Closed
- Bo'lim navigatsiyalar
Vizitka
Vizitka
Brend paket
Brend paket
Futbolka
Futbolka
Kamzur
Kamzur